Google kompaniyasi AQShning yirik sog‘liqni saqlash tizimlaridan biri Ascension bilan hamkorlikda qo‘shma loyihani ishga tushirdi. Loyiha Nightingale deb ataladi. Uning uchun hamkorlar AQShning 21 ta shtatidagi millionlab kishining sog‘lig‘i haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘moqda.

Foto: “Kod.ru”

Nightingale uchun tashxislar, laboratoriya tekshiruvlarining natijalari, kasalxonaga yotqizilganlik haqidagi ma’lumotlar, bemorlarning ism-familiyasi, tug‘ilgan kuni bilan birga to‘liq kasallik tarixi yig‘iladi. Shuningdek, sun’iy intellekt bemorlarga davolanish uchun aniq dasturlarni taklif qiladi.

Nightingale 2018-yilda Google Cloud va Ascension rahbarligi ostida ishga tushirilgan. Ikki tashkilot bulutli loyihalar uchun javobgar hisoblanadi. Ascension tarkibiga 2600 ta shifoxona, shifokorlar idoralari va AQShdagi boshqa tibbiy muassasalar kiradi.

Google Cloud prezidentining ta’kidlashicha, loyihaning maqsadi natijalarni yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish va ko‘proq hayotni saqlab qolish hisoblanadi.

Qayd etilishicha, na amerikaliklar, na shifokorlar Google tomonidan ma’lumotlar yig‘ilayotganini biladi. Ma’lumotlarga kirish uchun huquqqa Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasining taxminan 150 nafar xodimi, shuningdek, uning ilmiy-tadqiqot bo‘linmasi bo‘lgan Google Brain ega.

To‘plangan ma’lumotlar faqat sug‘urtalangan kompaniyalarga o‘zlarining sog‘liqni saqlash sohasidagi faoliyatini amalga oshirishda yordam uchun foydalanganda, bunday amaliyot AQSh qonunlarini buzmaydi.