Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan bag‘rikenglik haftaligiga start berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan mazkur tadbirda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab milliy madaniy markazlar vakillari, olimlar, ekspertlar, pedagoglar, talaba-yoshlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etmoqda.

Foto: O‘zA

Tadbir ishtirokchilari Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydonidagi Shoahmad Shomahmudov oilasi yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

Foto: O‘zA

Haftalik munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev mamlakatda millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasida totuvlik, ahillikni ta’minlash masalasi davlat siyosatida ustuvor o‘rin egallashini ta’kidladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bag‘rikenglik haftaligi davomida qiziqarli ko‘rgazmalar, muloqotlar, ijodiy festivallar, konsertlar, forumlar, anjumanlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.