Bugun, 9-noyabr kuni velomarafon o‘tkazilishi sababli soat 14:30 dan 16:00 gacha Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

  • Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Shahrisabz ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismi;
  • Islom Karimov ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Furqat ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

IIBB keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.