The Astrphyisical Journal jurnalida e’lon qilingan maqolga ko‘ra, o‘tgan yili Koinotga chiqarilgan TESS teleskopi “imkonsiz” ekzosayyorani aniqlagani xabar qilinmoqda.

“Imkonsiz” deyilishiga sabab nazariy jihatdan bunday sayyora bo‘lishi mumkin emas deb hisoblanar edi. Vaholanki, u mavjud ekan!

Nimasi imkonsizligi esa uning joylashgan o‘rni bilan bog‘liq.

Mazkur ekzosayyora o‘z yulduziga shu qadar yaqin joylashganki, bunday masofalarda yulduz uni allaqachon o‘z komiga tortib ketgan va yutib yuborgan bo‘lishi kerak edi. Biroq HD212771 va HD203949 yulduzlari o‘zlariga juda yaqin joyda harakatlanayotgan ekzosayyoralarni yutib yuborishmagan ekan.

Astrofizik olimlar shu chog‘gacha sayyoralarning yulduzga maksimal yaqin kelish masofasini noto‘g‘ri hisoblashgan bo‘lib chiqmoqda, shekilli...

Yuqorida qayd etilgan maqolada aytilishicha, mualliflar HD203949 yulduzining evolyutsion taraqqiyot bosqichini tahlil qilishgan. Bu bosqichda yulduz hajman kengayib, shishib borishi va qizil gigantga aylanishi kerak. Natijada yulduz o‘ziga yaqin joylashgan sayyoralarni yutib yuborishi lozim edi. Biroq HD203949 yulduzi allaqachon shishib, qizil gigantga aylangan bo‘lsa-da, o‘zidan atigi 0,65 astronomik birlik (ya’ni Yer va Quyosh orasidagi masofaning atigi 65 foizi) masofasida joylashgan ekzosayyorani yutib yubormagan.

Nimaga bunday bo‘lgan?

Olimlarda bir necha taxminlar mavjud. Ulardan eng ishonarlirog‘iga ko‘ra, o‘sha ekzosayyora yulduz shishishni boshlashidan avval ancha nariroqda – taxminan 3,1 yoki 3,5 astronomik birlik masofasida bo‘lgan. Yulduz qizil gigantga aylanib, hajman kengaygach esa ekzosayyora unga yaqin kelib qolgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu dilemmaning yechimi oddiy bir faktda yashiringan. Bu fakt shundan iboratki, yulduzlar va ularning sayyoralari nafaqat o‘zaro bog‘liq holda shakllanadi, balki birgalikda evolyustiyalanadi ham.

Vardan Adibekyan, maqolda mualliflardan biri

Demak, mazkur ekzosayyora qandaydir gravitatsion “manyovrlar” evaziga qizil gigant yulduz kengayishi va tortish kuchidan qutulib qolgan bo‘lishi mumkin deyilmoqda.

Muzaffar Qosimov tayyorladi.