Fransiyalik olimlar Yer yuzidagi eng “o‘lik” yer qayerda ekanligini aniqladi. Bu Efiopiya shimolidagi Dallol vodiysi, u yerda hatto mikroblar ham yashay olmaydi. Bu haqda Nature Ecology & Evolution xabar berdi.
Fransiyaning Parij-Syud universiteti olimlari Dallol vodiysida har qanday turdagi bakteriyalar ham yashay olmasligini aniqlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yer qatlamida suvning mavjudligi hayotning asosiy belgisi hisoblanadi. Ammo yer yuzida shunday joylar borki, ularda suv bor bo‘lsa ham hayot yo‘q.
Mavzuga doir: Venera sayyorasida sirli fojiaga qadar yashash uchun tabiiy sharoit mavjud bo‘lgani aniqlandi
Vodiydagi suv juda qaynoq (Selsiy bo‘yicha 109 daraja) va ayni vaqtda haddan ziyod nordon (pH~0) va uning tarkibida tuzli magniy aralashmasi mavjud. Suvning bunday tarkibda ekani tirik hujayralarni o‘ldiradi.