Infolib Uzbekistan—2019 VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 28-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axborot-kutubxona tahlili” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tanlov o‘tkazilishning asosiy maqsadi axborot-kutubxona muassasalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini baholash, axborot-kutubxona fondi va elektron resurslar rivojlanishini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
Tanlov 6 oy mobaynida bosqichma-bosqich o‘tkazilgan bo‘lib, ishtirokchilarga hududiy axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatish va aholining barcha qatlamlarini axborot-kutubxona xizmati bilan qamrab olish hamda faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini faollashtirish, yangi axborot-kutubxona xizmatlari turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, soha rivoji uchun ishlab chiqilgan, tatbiq etilgan va amaliy ahamiyatga ega innovatsion loyihalarni kutubxonalarga joriy qilish, axborot-kutubxona faoliyatidagi muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining asosiy va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash kabi vazifalar belgilab berilgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi kitob sotib olish uchun 60 million so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandi.
2-o‘rin Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi kitob sotib olish uchun 40 million so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandi.
3-o‘rin Navoi viloyati axborot-kutubxona markazi kitob sotib olish uchun 20 million so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandi.
Izoh (0)