• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senator: O‘zbekistonning ko‘plab, xususan, soliq tizimidagi boshqaruv uslubi sovet davridan qolib ketgan

    Milliy soliq tizimida shunday qoida va sharoitlarni yaratish kerakki, ularni buzish uchun imkoniyat ham, ehtiyoj ham, xohish ham bo‘lmasligi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida senator Ulug‘bek Sotiboldiyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

    Yig‘ilish Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan edi. Muhokamalar chog‘ida chiqish qilgan senator Sotiboldiyev amaldagi soliq tizimi ham, yangi Soliq kodeksi ham erkin iqtisodiyot tamoyillariga mos kelmaydi.

    Senator Ulug‘bek Sotiboldiyev.

    Senator Ulug‘bek Sotiboldiyev.
    Foto: “Daryo”

    “Iqtisodiyotda ikki tamoyil bor. Birinchisi, qoida va sharoit shunday bo‘lishi kerakki, uni buzishga ehtiyoj ham, xohish ham, imkoniyat ham bo‘lmasligi kerak. Ikkinchi tamoyil — soliq yuki yengil (chegara bilan) va nazorati kuchli bo‘lishi lozim. Shunda budjetga tushum ko‘p va korrupsiya kam bo‘ladi”, — dedi senator.

    Parlament yuqori palatasi a’zosining ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi juda ko‘p tizimlar sanab o‘tilgan ikki tamoyilga mos kelmaydi, ularda “sovet davridan qolib ketgan boshqaruv uslubi bor”.

    “Agar yagona va umumbelgilangan soliqlar birlashtirilib, bitta soliq to‘lovi belgilanganda edi, men aytgan tamoyillarga mos kelgan bo‘lar edi. Amaldagi soliq tizimi ham, yangi Soliq kodeksi ham yuqoridagi ikki tamoyilga mos kelmaydi. O‘ylaymanki, soliq siyosati haqiqiy erkin iqtisodiyot asoslariga moslashtiriladi”, – deya qo‘shimcha qildi senator.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev senatorning mulohazalariga javoban soliq tizimida haqiqatan ham takomillashtirish, qayta ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan tartiblar borligini tan olib o‘tdi.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev.
    Foto: “Daryo”
    O‘tgan yillarda korxonalar umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tmaslik uchun, 100 nafar ishchisi bo‘lsa, ularni uchga bo‘lib, uchta korxonaga ajratib qo‘yardi. Hozir bu jihat o‘zgardi, endi bu yo‘l bilan soliqdan qochish holatlari yo‘qoldi. Hozir yuridik shaxsmi yoki yakka tartibdagi tadbirkormi — farqi yo‘q — daromadi 100 million so‘mdan oshsa, qat’iy soliqdan yagona soliq to‘loviga o‘tishi kerak. Daromadi 1 milliard so‘mdan oshganida esa qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisiga aylanishi kerak.

    25-oktabrga kelib aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan 1127 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan. Ya’ni, ular QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, unikal kod olgan. Lekin ular faoliyatini to‘xtatib qo‘ygani uchun QQS to‘lovchilar tizimidan chiqarib tashlashga majbur bo‘ldik. Sababi, yakka tartibdagi tadbirkorning soliqdan qochishi juda oson. Ularni ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatdan chiqarish tadbirlari mukammal emas. Xohlaganida faoliyatini to‘xtatishi, xohlaganida tiklashi mumkin.

    Soliq siyosatida kamchiliklarimiz, oxiriga yetkazilmagan, qayta ishlash lozim bo‘lgan nuqtalarimiz bordirki, soliq to‘lovchi hali ham soliqdan qochish yo‘llarini qidirmoqda. Bu holatlar ustida ishlaymiz. Kelajakda Soliq konsepsiyasi doirasida progressiv soliq stavkalarini qo‘llash rejalarimiz bor. Ya’ni, aylanma daromadi oshgani sayin soliq yukini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

    Olimjon Fayziboyev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

    Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2019-yil 27-fevraldagi “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2019-yilning birinchi—uchinchi choraklari davomida bajarilishi lozim bo‘lgan 16 ta topshiriqdan ikkitasining muddati uzaytirilgan va bittasi hali ham yakuniga yetkazilmagan.

    30.10.2019, 21:32   Izoh (0)   12787
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun 48 kunlik mehnat ta’tili berish belgilandi

    30.10.2019, 20:31

    Markaziy harbiy okrugida yosh harbiy xizmatchilar uchun uch kunlik maxsus amaliy mashg‘ulotlarga start berildi (foto) 

    30.10.2019, 18:28

    Samarqandlik fuqaro Nexia 3 yutib olib uni ololmay ovora bo‘lgan edi. O‘yin tashkilotchilari holatga izoh berdi

    30.10.2019, 17:49

    Jizzaxda qurilish ishlariga ajratilgan 2,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan kompaniya mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

    30.10.2019, 17:34

    O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar asossiz va noqonuniy sarflangani aniqlandi 

    30.10.2019, 17:19

    Toshkentda 1100 tonnadan ortiq shakar mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi

    30.10.2019, 17:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.