• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga kirish vizalari tizimlashtirildi

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-son qaroriga asosan O‘zbekston Respublikasiga kirish vizalari tizimlashtirilib, bitta umumiy ro‘yxatga birlashtirildi. Bu haqda Norma xabar berdi.

    Foto: “Sof.uz”

    Foto: “Sof.uz”

    Ro‘yxatdan quyidagi 28 ta viza turi joy olgan.

    Diplomatik kirish vizasi — doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun (D-1), vaqtincha turganlar uchun (D-2), diplomatik pasport egalari uchun turistik (DT);

    Xizmat kirish vizasi — doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun (S-1), vaqtincha (S-2), O‘zbekiston davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha (S-3);

    Rasmiy kirish vizasi — rasmiy va davlat tashriflari doirasida (O);

    Ishbilarmonlik kirish vizasi — O‘zbekistonning profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun (B-1) va biznes viza (B-2);

    Turistik (T) va guruhli turistik kirish vizasi (TG);

    Ziyorat kirish vizasi — Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning so‘roviga asoasn O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosini o‘rganish uchun (PLG):

    Ishchi kirish vizasi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida (E);

    Matbuot vakillari uchun kirish vizasi — O‘zbekiston TIVda doimiy akkreditatsiya qilingan (J-1), “Dunyo” AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar (J-2);

    Mehmon kirish vizasi — IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston fuqarolarining taklifi bo‘yicha (PV-1), xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha (PV-2);

    Vatandoshlar uchun kirish vizasi — O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashaydigan fuqarolar taklifiga binoan 2 yilgacha muddatga (VYD):

    Talabalar kirish vizasi — O‘zbekiston hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda ta’lim oluvchi xorijiy talablarga 1 yilgacha muddatga (STD):

    O‘quv — doimiy asosda ta’lim davriga (A-1) va o‘qituvchilar kirish vizasi — O‘zbekistonda doimiy asosda ishga joylashishda (A-2), akademik kirish vizasi — O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun (A3);

    Tibbiy kirish vizasi — Davolanish-profilaktika muassasalari taklifiga binoan O‘zbekistonda davolanish uchun (MED):

    Ekipaj (C-1) va haydovchilar (C-2) uchun kirish vizasi;

    Chiqish (EXIT) va tranzit (TRAN) vizasi:

    Ko‘p martalik investitsiya vizasi — O‘zbekistonga investitsiya kiritadigan investorlar uchun (INV).

    Bundan tashqari, fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning yagona ro‘yxati alohida tuzilgan. Bunday mamlakatlar soni 86 ta bo‘lib, bunda ayrim mamlakatlar uchun vizasiz rejim 2020-yil 1-yanvardan amal qilishni boshlaydi.

    Bu mamlakatlar qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

    Cheklanmagan muddatga

    Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina.

    60 kungacha

    Qirg‘iziston.

    30 kungacha

    Avstraliya, Avstriya, Argentina, Bosniya va Gersegovina, Vatikan, Lyuksemburg, Vengriya, Bruney-Dorussalom, Isroil, Gretsiya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Kanada, Andorra, Lixtenshteyn, Monako, Belgiya, Daniya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Latviya, Litva, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, BAA, Portugaliya, Bolgariya, Indoneziya, Kipr, Janubiy Koreya, Malta, Polsha, San-Marino, Serbiya, Sloveniya, Tojikiston, Xorvatiya, Chili, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Braziliya, Germaniya, Finlyandiya, Fransiya, Chernogoriya, Chexiya, Shveysariya, Estoniya, Yaponiya.

    2020-yil 1-yanvardan boshlab — Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadin, Sent-Lyusiya, Bagama Orollari, Dominika, Sent-Kits va Nevis, Yamayka.

    7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga

    Xitoy, shu jumladan, Gonkong — 2020-yil 1-yanvardan va qaytuvchi aviachipta mavjud bo‘lganda.

    Vizasiz rejim yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat’i nazar O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo‘llaniladigan, uning o‘rniga o‘tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirish sanasidan kamida 6 oydan keyin tugaydigan boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak. Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

    30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim davlat chegarasi kesib o‘tilgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. Mamlakatda 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati tug‘ilganda, xorijiy fuqaro kirish vizalari toifalarining birini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.

    25.10.2019, 23:14   Izoh (0)   20754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Majburiy ijro byurosining tarkibini yangilash rejalashtirilmoqda

    25.10.2019, 22:41

    Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning TIVga murojaati javobsiz qolganiga vazirlik munosabat bildirdi

    25.10.2019, 22:28

    O‘zbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jo‘natmagani ma’lum bo‘ldi

    25.10.2019, 21:54

    O‘zbekistonda valyuta tushumi muddatlarini kechiktirgan eksportyorlarga jarima bo‘yicha imtiyozlar belgilandi

    25.10.2019, 21:12

    Milliy gvardiya Olmazor tumani maktablari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazdi

    25.10.2019, 20:43

    Oltiariqlik qahramon fermer Lola opa Ziroatxon Mirziyoyeva bilan nimalar haqida gaplashganini ma’lum qildi

    25.10.2019, 20:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.