Qadimgi hukmdor va sarkarda makedoniyalik Iskandarning (Aleksandr Makedonskiy) avval taxmin qilinganidek bezgak, tif isitmasi yoki o‘pka shamollashidan emas, balki oshqozon osti bezi nekrozi (pankreonekroz) kasalligidan o‘lgani aniqlandi. Gretsiyadagi Aristotel universiteti olimlari shunday xulosaga keldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

“Aleksandr” filmida sarkarda rolini ijro etgan aktyor Kolin Farrel
Foto: “Kinopoisk.ru”

1995-yilda boshlangan tadqiqotlar natijasida mutaxassislar antik davr tarixchilarining makedoniyalik hukmdor kasalligining alomatlari va Iskandarning umri so‘ngidagi holati haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi.

Tibbiyot fanlari faxriy professori Tomas Gerasimidisning so‘zlariga ko‘ra, sarkardaning o‘limiga o‘tkir pankreonekrozning og‘ir sepsisi sabab bo‘lgan. Olimning fikricha, Iskandarning may hamda og‘ir ovqatlarga haddan ziyod mehr qo‘yganligi safro toshi kasalligi boshlanishiga va pankreonekrozga aylanishiga olib kelgan.

Mart oyida arxeologlar Misrda makedoniyalik Iskandarning qabri qayerda joylashganligiga ishora qilishi mumkin bo‘lgan bir nechta artefaktni topgani xabar qilingandi.