Bir guruh xalqaro ekspertlar guruhi yaqin kelajakda insoniyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan fosfor yetishmovchiligi muammosiga duch keladi, degan taxminni ilgari surdi, deb xabar beradi Science Alert.
Ochlikka olib keladigan tanqislikka mineral o‘g‘itlarning tartibsiz ishlatilishi sabab qilib ko‘rsatildi.
Nashrning yozishicha, so‘nggi 50 yil ichida fosforli o‘g‘itlardan foydalanish 50 barobarga oshgan, 2050-yilga borib esa talab yana ikki barobarga ortishi kutilmoqda. Agarda ushbu elementni saqlab qolishga chora ko‘rilmasa, zaxira tez orada tugashi mumkin. Ayrim nazariy modellarga ko‘ra, hozirgi vaqtdagi iste’mol darajasi bo‘yicha fosfor 80 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketadi. Boshqa bir hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 400 yildan so‘ng, pessimistlarning bashoraticha, 40 yildan so‘ng sodir bo‘ladi.
Olimlarning fikricha, taqchillikning oldini olish uchun fosfordan foydalanishni qisqartirish, shuningdek, uni qayta ishlash usullarini ishlab chiqish lozim.
Izoh (0)