• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Nega chaqmoqdan elektr energiyasi ololmaymiz?

    Chaqmoqning bir chaqnashida taxminan 5 milliard joul energiya jamlangan bo‘ladi. Bitta kichikroq chaqmoq zaryadi bilan butun boshli uyning bir kunlik elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirsa bo‘ladi. Yirik chaqmoqlarning energiyasi esa atom bombasi portlagandagi energiya miqdoriga teng. Agar insoniyat qazilma yoqilg‘i o‘rniga, boshqa energiya manbalaridan foydalanish haqida bosh qotirayotgan ekan, xo‘sh, unda nega chaqmoq energiyasidan ham foydalanish xususida hech qanday amaliy harakat ko‘rmayapmiz?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Albatta, hammasi ham bir qarashda biz o‘ylaganimizchalik jo‘n emasligiga ko‘pchilikning aqli yetadi. Shunga qaramay, chaqmoq energiyasidan zaryad olib ishlaydigan kir mashina bo‘lsa, juda ajoyib bo‘lardi.

    Muammolardan eng kattasi shuki, chaqmoq energiyasi juda qisqa muddatda, sanoqli lahzalar ichida juda tor havo yo‘lagida to‘planadi va sochilib ketadi. Agar olimlar ushbu bir necha mikrosekund vaqt ichida to‘planadigan chaqmoq zaryadini “tutib qolishni” uddalagan taqdirda ham, birdaniga paydo bo‘lgan bir necha million volt kuchlanishni qayerda va qanday saqlash masalasi ko‘ndalang bo‘lib chiqadi. Albatta, buning uchun maxsus materiallar, chaqmoqni tutish va uning energiyasini foydali energiyaga aylantirish sistemasi, keyin esa ushbu energiyani saqlash, qayta ishlash va iste’molchiga uzatish sistemasini barpo qilish kerak bo‘ladi.

    Bunga ketadigan sarf-xarajat esa olinadigan natijadan kattaroq bo‘lishi ehtimoli katta. Bir qarashda uzun metall sterjen yordamida havodan chaqmoq elektr zaryadlarini tutib olish mumkindek ko‘rinadi. Biroq amalda bunday mexanizmni tayyorlash favqulodda mushkul. Chunki chaqmoq kelib uradigan zarbaga dosh beradigan metall ustunni yasash juda qiyin. U birinchi zarbadayoq maydalanib ketishi ehtimoli bor. Boz ustiga hozirda chaqmoq aynan qachon va qayerda urishini aniq hisoblab beradigan texnologiyalar mavjud emas. Qolaversa, chaqmoqni tuta olgan taqdirda ham, olimlar uning musbat yoki manfiy zaryaddan qaysi birini tashiyotganini oldindan bila olmaydilar. Ya’ni chaqmoq zaryadini aniqlaydigan texnologiyaning o‘zi yo‘q.

    Okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari AQSh milliy boshqarmasi mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, chaqmoq urishi paytidagi zarba chastotasi soniyasiga 44 martagacha bo‘lar ekan. Tasavvur qilyapsizmi, chaqmoq bir joyga zarba berganda u o‘zidagi katta kuch bilan aynan shu joyning o‘ziga bir soniyada 44 martagacha zarba berar ekan. Shunga ko‘ra, chaqmoqning aynan qayerga urishini oldindan aniq aytish ehtimoli ham atigi 44 foizni tashkil qiladi xolos. Qolaversa, chaqmoqlar asosan tropiklarda va alohida olis tog‘ hududlarida ko‘proq uchraydi. Bu esa mazkur yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar uchun katta to‘sqinlik paydo qiladi. Va odatda chaqmoq ko‘p chaqadigan joylarda odam kam yashaydi yoki deyarli yashamaydi va bu joylarda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj minimal bo‘ladi. Shunga qaramay, hozirda jahon energetikasida chaqmoq energiyasidan foydalanish masalasi ham oz bo‘lsa-da o‘rganilmoqda va balki kelajakda bu borada ham yaxshi yangiliklar bo‘lib qolsa, ajabmas.

    Muzaffar Qosimov

    25.10.2019, 12:03   Izoh (0)   21283
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar zilzilani 5 kun oldin aniqlash yo‘lini topdi

    24.10.2019, 14:41

    Everest balandligini qayta o‘lchab ko‘rishmoqchi. Tog‘ zilzilalar natijasida cho‘kkan bo‘lishi mumkin

    16.10.2019, 08:01

    O‘zbekistonda ilmiy jurnallar platformasi ishga tushirildi

    09.10.2019, 13:26

    Insoniyat evolyutsiyasi haqidagi ommabop nazariyalardan biri rad etildi

    08.10.2019, 23:29

    Fizika bo‘yicha 2019-yilgi Nobel egalari e’lon qilindi

    08.10.2019, 15:49

    Olimlar insoniyatni yangi bir falokatdan ogohlantirdi

    08.10.2019, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.