Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevrokengash raisi Donald Tuskka Brexit sanasini kechiktirish so‘ralgan maktub yo‘lladi. Bu haqda Tusk 19-oktabr kuni kechki payt Twitter’dagi sahifasida yozuv qoldirgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

“Hozirgina Brexit sanasini kechiktirish haqidagi maktubni oldim. Endi Yevroittifoq yetakchilari bilan bu iltimosga qanday munosabat bildirish yuzasidan maslahatlashuvlarni boshlayman”, — deyiladi Tuskning xabarida.

Maktubda Brexit uchun oxirgi sana sifatida 2020-yil 31-yanvarni belgilash taklif etilgan. Shu bilan birga, tomonlar tayyor bo‘lgan taqdirda buni ertaroq amalga oshirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilishi qo‘shimcha qilingan.