Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

San-Fransiskodagi Dennis Rae Fine Art badiiy galereyasidan yarim daqiqa ichida Salvador Dalining “Yonayotgan jiraf” kartinasi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Bu yerda ispan musavvirlari asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayotgan va ushbu kartina san’at muxlislarini ko‘proq jalb etish uchun vitrinaga qo‘yilgandi.

O‘g‘rilarga galereyaga kirib, molbertdan 50 ga 60 santimetrli gravyurani olishi va hech bir qarshiliksiz chiqib ketishi uchun 32 soniya yetarli bo‘ldi.

Foto: Rambler

Foto: Rambler

Galereya direktori Anjela Kellettga ko‘ra, jinoyatchining ko‘rgazma xodimini chalg‘itib turgan sherigi bo‘lgan. Bu vaqt mobaynida o‘g‘ri 20 ming dollar baholangan kartinani olib chiqib ketishga ulgurgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi