• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Bravo”dan Jahongir Otajonovgacha”. “O‘zbekkonsert” tomonidan 2019-yilda ogohlantirilgan va litsenziyasi olingan jamoa va xonandalar (foto)

    “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 2019-yilda bir qator xonandalar hamda kulgi jamoalarining litsenziyasini tugatdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad litsenziyasi tugatilgan xonanda va kulgi jamoalari hamda ularning litsenziyasi tugatilish sabablarini o‘rgandi.

    “O‘zbekkonsert” tomonidan 2019-yil 26-fevral kuni  “Bravo” jamoasi va aktrisa Halima Ibragimovaning litsenziyasi tugatildi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “O‘zbekkonsert” bilan tuzgan litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, ya’ni o‘tkazilgan konsert dasturlarida muassasaga topshirilgan ssenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma’naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali o‘zbek so‘z san’ati obro‘siga putur yetkazayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga rioya etmaganligi bunga asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan.

    “Bravo” jamoasi yetti oylik litsenziyasizlik davridan so‘ng, 2019-yil 13—20-oktabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘zining ikkinchi konsert dasturini taqdim qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qiziqchi Halima Ibragimova litsenziyasini qaytarib olgani yoki olmagani haqida aniq ma’lumot topa olmadik.

    Foto: Instagram/@xalimaxonim

    Foto: Instagram/@xalimaxonim

    “Gap yo‘q triosi” a’zolari Sardor Toshmuhamedov, Laliddin Xolmatov va Sanjar Isabayev yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mazmunan sayoz, mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar ijrosida bo‘lgan “ommaviy madaniyat” va axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi video kliplarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganligi uchun ogohlantirildi hamda kelgusida shu kabi holatlar takrorlansa, ularning litsenziyalari ham to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

    “Gap yo‘q triosi” yigitlari faqatgina ogohlantirish bilan qutilib qoldi va “Maksimum” jamoasi a’zolari sifatida jamoaning ilk konsert dasturida chiqish qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xonanda Shahlo Ahmedova ham qariyb bir yildan buyon litsenziyasiz xonandalar ro‘yxatida turibdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonandaning litsenziyasi 2018-yilning 13-noyabrida tugatilgan edi. Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgani uchun uning litsenziyasi olib qo‘yilgan edi.

    “O‘zbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorov matbuot anjumanlaridan birida “Shahlo Ahmedova bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsa ham litsenziyasini qaytarmayapmiz. Ushbu klip O‘zbekiston uchun olinmagan bo‘lsa ham, klipni internet tarmoqlari orqali barcha ko‘rib bo‘ldi”, — deya o‘z fikrlarini aytib o‘tgan edi.

    Xonanda Shahlo Ahmedovaning ma’muri xonandaning litsenziyasi hali ham qaytarilmaganligini ma’lum qildi.

    “O‘zbekkonsert” ogohlantirishlaridan “Million” jamoasi ham chetda qolmadi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 2019-yilning 14-iyulida “Million” jamoasi 2019-yilning 16-iyuliga qadar 187 million so‘m davlat bojini to‘lamasa, litsenziyasi bekor qilinadi mazmunidagi rasmiy bildirishini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oradan bir kun o‘tib “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov esa 2019-yilning 15-iyul kuni o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasiga joylagan kinoyali postida “O‘zbekkonsert” DM tomonidan 2,5 barobar oshirib qo‘yilgan bojlarni to‘lash bugundan boshlanganini ma’lum qildi va litsenziyasini saqlab qolib, viloyatlar bo‘ylab gastrol konsertlarini taqdim etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xonanda Abdulla Qurbonov Jahongir Otajonovga qilgan “nojoiz munosabati” tufayli 2019-yil 31-may kuni litsenziyasidan ayrildi.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Qizig‘i shundaki, xonandaning litsenziyasi qaytarilgani yoki qaytarilmagani haqida hech qanday rasmiy ma’lumot bo‘lmagan holda Abdulla Qurbonov xususiy telekanallarning bir qancha loyihalarida chiqish qildi. Tushunarsiz holat.

    Xonanda Ozoda Nursaidovaning ijodiy erkinlikka chiqishi, xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasidan mahrum bo‘lish vaqtiga to‘g‘ri keldi.

    Foto: Instagram/@ozodaofficial

    Foto: Instagram/@ozodaofficial

    Xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) shu yilning 10-oktabr, payshanba kuni “O‘zbekkonsert”ga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan 13-oktabr, yakshanba kuni “O‘zbekkonsert”da san’atkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilgan. Xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirgan, Prezident, xalq hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘ragan.

    2019-yilning 14-oktabr kuni Jahongir Otajonov litsenziyasidan ayrildi. “O‘zbekkonsert” xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, “O‘zbekkonsert” va xonandalar bilan bog‘liq ko‘plab javobini topmagan savollar mavjud.

    Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova, Rayhon G‘aniyeva, ‘Bojalar’ guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov va qiziqchi Halimaxonim “zapret”ga tushgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

    Ularning “zapret”ga tushgani haqida hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘qligini ma’lum qilgan Ozodbek Nazarbekov “San’atkorlarning faoliyatini cheklash yoki davom ettirish to‘g‘ridan to‘g‘ri “O‘zbekkonsert”ning vakolatida”, dedi. Ammo bu masalada “O‘zbekkonsert” tomonidan hech qanday rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. “Zapret”ga tushgani taxmin qilinayotgan san’atkorlar esa telekanal efirlarida ko‘rinmayapti.

    “O‘zbekkonsert” tomonidan yuqoridagi tushunarsiz holatlarga izoh berilishini kutib qolamiz.

    15.10.2019, 19:23   Izoh (0)   181489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Litsenziyasidan mahrum bo‘lgan Jahongir Otajonov jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda

    15.10.2019, 08:03

    Toshkentda Amir Temur hayoti haqidagi gologramma teatr tomoshasi taqdimoti o‘tkaziladi (video)

    14.10.2019, 17:07

    “Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring”. Jahongir Otajonovning litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan tugatildi

    14.10.2019, 12:34

    Ozodbek Nazarbekov “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialiga qancha mablag‘ sarflanishi va taxminiy premyera vaqtini ma’lum qildi

    12.10.2019, 15:10

    Qizil salla muammosi. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi rejissori Xurshid Davronning “chala mulla” degan e’tiroziga munosabat bildirdi

    12.10.2019, 13:56

    Jerar Depardye: “O‘zbekistonga borishni sabrsizlik bilan kutyapman”

    12.10.2019, 00:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyun, 12:20

    “AQSH zarbalardan hech qanday yutuqqa erishmadi” — Eron oliy rahnamosi (video)

    Dunyo | 27 iyun, 12:03

    Lego kompaniyasi “Maxfiy hujjatlar” seriali asosida yangi to‘plam taqdim etadi

    Qo‘ziqorin | 27 iyun, 11:46

    “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining daromadi endi soliqqa tortilmaydi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 11:41

    Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam

    Reklama | 27 iyun, 10:30

    Tailand kannabis uchun jinoiy javobgarlik joriy qilmoqchi

    Dunyo | 27 iyun, 11:26

    Pagani va Bulgari hamkorlikda olmos bilan bezatilgan giperkar yaratdi

    Layfstayl | 27 iyun, 10:59

    “Isroil bilan urushdan ko‘rilgan zarar jiddiy” — Eron tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 10:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.