Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) joriy yil sentabr oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p oltin saqlovchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: “TASS”

Reytingda oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston 17-o‘rinni egalladi. Hisobotda mamlakat 325,7 tonna oltin saqlashi ma’lum qilinadi. Bu respublikada mavjud umumiy zaxiraning 56,2 foizini tashkil etadi.

Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 377,3 tonna oltin bilan 15-o‘rinni band etgan.

Reytingda birinchi o‘rinda AQSh (8133,5 tonna), ikkinchi o‘rinda Germaniya (3366,8 tonna) va uchinchi o‘rinda Xalqaro valyuta fondi (2814 tonna) qayd etilgan.