Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni kechqurun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning mehmoni bo‘ldi.

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati

Kengashga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari kechki ovqat ustida samimiy suhbatlashdi. Unda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehribon Aliyeva, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning turmush o‘rtog‘i, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etdi.

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati

Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati