Milliy gvardiya 6-oktabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi reydda Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi fuqaro Z.R. “Qizil kitob”ga kiritilgan jayronni o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan otib o‘ldirganini aniqlagan. Bu haqda “Daryo”ga Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Milliy gvardiyaning Navoiy viloyati bo‘linmasi xodimlari fuqaro Z.R.ga tegishli ov quroli va o‘q-dorilar shuningdek, ov qurolini olib yurish va saqlash huquqini beruvchi R-7-sonli ruxsatnomasini o‘rnatilgan tartibda olib qo‘ygan.
Mavzuga doir: Samarqandlik erkak uyining tomidan qurol topib oldi
Izoh (0)