Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Turkiyani Suriyaning shimoli-sharqida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyani to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, ittifoq raisi Yevropa parlamentida qilgan chiqishida Turkiyani o‘zini tiyib turishga va ayni paytda davom etayotgan harbiy operatsiyani to‘xtatishga chaqirgan
Mavzuga doir:
Eron Turkiyaning Suriyada harbiy harakatlarni amalga oshirayotganiga qarshi chiqdi
Tramp AQSh “oxiri yo‘q urushlar”da boshqa ishtirok etmasligini ma’lum qildi
Yunkerning so‘zlariga ko‘ra, harbiy operatsiya ijobiy natija olib kelmaydi. Uning qayd etishicha, agar Turkiyaning rejasi xavfsiz hududni shakllantirishni ko‘zda tutsa, Yevropa ittifoqi buning uchun bir yevro ham sarflamaydi.