Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyatining “Qo‘shko‘pir paxta tozalash” korxonasi rahbarlari va fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi 2490 kilogramm paxtani qayta topshirishga urinayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Xabar berilishicha, korxona rahbarlari “S.R.” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi bilan 2490 kilogramm paxtani qayta topshirish uchun til biriktirgan. Ular daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Shumanay tumanida topshirilgan paxta miqdoriga qo‘shib yozish holati aniqlangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi