Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Afg‘onistonning Nangarxar viloyati Jalolobod shahrida mikroavtobus yaqinida portlash amalga oshirilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va 27 kishi tan jarohati olgan, deb xabar bermoqda “Izvestiya”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hodisa Afg‘oniston yollash markaziga tegishli, harbiylar bo‘lgan mikroavtobus yonida minalashtirilgan mototsiklning portlashi oqibatida sodir bo‘lgan. Talofat ko‘rganlar og‘ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan. Halok bo‘lganlar orasida bir nafar bola borligi xabar qilinmoqda.

Yuz bergan hodisa bo‘yicha mas’uliyatni mamlakatdagi hech bir terroristik tashkilot o‘z zimmasiga olmagan. Avval mamlakatda sodir bo‘lgan boshqa bir portlashda 3 kishi qurbon bo‘lgandi.

17-sentabrda Parvon viloyatida Afg‘oniston prezidentligi uchun saylovlarda Muhammad Ashraf G‘anining saylovoldi nutqi vaqtida ham portlash amalga oshirilgan va ushbu terroristik harakat uchun mas’uliyatni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgandi. 28-sentabrda ham saylovlar vaqtida bir nechta saylov uchastkalarida portlashlar amalga oshirilgan va “Tolibon” harakati saylovlarga xalaqit qilish maqsadida 8 nafar kuzatuvchini o‘g‘irlab ketgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi