Afg‘onistonning Parvon viloyatida mamlakat prezidenti Ashraf G‘anining saylovoldi tadbiri vaqtida portlash amalga oshirildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Getty Images

Politsiya mashinasiga o‘rnatilgan bomba tadbir kirish joyi yaqinida portlagan. Hodisa natijasida prezident va uning atrofidagi mas’ullarga zarar yetmagan, halok bo‘lganlar soni 25 ta, turli darajadagi tan jarohati olgan odamlar esa 31 nafarni tashkil etadi.

Hozircha sodir bo‘lgan ushbu voqea yuzasidan hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari 28-sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Avvalroq “Tolibon” harakati vakillari saylovlarni buzishga urinishini ma’lum qilgandi.