Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

4-oktabr, juma kuni Olmaota viloyatining Talg‘ar tumanida qurilayotgan uylardan birida O‘zbekiston fuqarosi Q.B.ning jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga asoslanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qotillik fakti bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi ochilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini Vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16

Olmaota shahridagi bosh konsulxona

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi