Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 9-turi doirasida 5-oktabr, shanba kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Anje”ni sinovdan o‘tkazdi.

Foto: Reuters

Uchrashuv davomida Parij klubi a’zolari Pablo Sarabiya (13), Mauro Ikardi (37), Idrissa Guye (59) hamda Neymar (90) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa PSJ o‘z uyida kechgan bahsda “Anje” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan PSJ ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi. “Anje” esa 16 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Liga 1

9-tur bahsi

5-oktabr, shanba

PSJ—“Anje” 4:0

Gollar: 1:0 — 13 Sarabiya, 2:0 — 37 Ikardi, 3:0 — 59 Guye, 4:0 — 90 Neymar

PSJ: Navas, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat (Diallo, 78), Verratti, Paredes, Errera, Guye, Sarabiya (Di Mariya, 83), Ikardi (Shupo-Moting, 72), Neymar

“Anje”: Byutel, Ait-Nuri (Tiub, 46), Toma, Traore, Manko, Bobishon (Mangani, 55), Pereyra Laje, Santamariya, Kapel, Ninga, Aliui (Kanga, 78)

Ogohlantirishlar: Sarabiya (23), Pereyra Laje (52), Neymar (82), Paredes (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!