Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Abu-Dabi shahrida 3-noyabr kuni BAAdagi eng yirik shifoxonalardan biri Sheikh Shakhbout Medical City ochiladi, deb xabar berdi Business Emirates.

Foto: Business Emirates

Foto: Business Emirates

Yangi tibbiy muassasa bir kunda 2500 nafargacha bemorlarga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, uning hududida shahar travmatologiya markazi joylashadi. Shifoxona amirlikning chekkasidagi yirik magistral yo‘llar kesishmasida joylashganligi sababli bemorlar va tez tibbiy yordam tirbandliklarni chetlab o‘tib, bu yerga kelishi osonlashadi.

Klinika barcha yoshdagi bemorlarga — chaqaloqlardan tortib, keksa yoshdagi insonlarga ham xizmat ko‘rsatadi.

Shifoxonada 732 ta koyka va 18 ta operatsion xona bo‘ladi. Keng qamrovli jarrohlik amaliyotlarining bir qismi robotlar tomonidan amalga oshiriladi. Shifoxonada 3000 nafar tibbiy xodim faoliyat yuritadi.

Qayd etilishicha, shifoxonada kuyish markazi, urologiya, revmatologiya, yurak qon-tomir jarrohligi, endokrinologiya va boshqa markazlar ham bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi