Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Amerika prezidenti Donald Tramp bilan suhbati stenogrammasining o‘z versiyasida chop etishga qarshi chiqdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Mening fikrimcha, suhbatni chop etish to‘g‘ri bo‘lmaydigan ayrim jihatlar va narsalar bor”, — deydi Zelenskiy 30-sentabr, dushanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda.

U prezident bo‘lmasidan avval diplomat bo‘lmagani, biroq unda xuddi shunday bir nechta suhbat bo‘lganini qayd etdi.

U shuningdek, Ukraina Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterning faoliyatini tekshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Biroq buning uchun tashabbus mamlakat tergov organlaridan chiqishi kerak, deydi Zelenskiy.

“Bizga hech narsa haqida buyruq berish kerak emas, biz mustaqil davlatmiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.

Zelenskiyning Tramp bilan 2019-yilning 25-sentabrida o‘tkazilgan telefon suhbati Amerika prezidenti impichmenti jarayonini boshlash uchun asos bo‘ldi.

Tramp Zelenskiydan 2020-yilgi prezidentlik saylovi uchun demokratlardan nomzod Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden faoliyatini tekshirishni so‘raganlikda gumonlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak