Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy O‘zbekistonda “Xavfsiz shahar” tizimini joriy etish loyihasi uchun 1 milliard dollar pul beradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Xitoy bilan erishilgan shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilgan qarorida qayd etilgan.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Bosh vazir Abdulla Aripov 24-sentabr kuni imzolagan qarorda aytilishicha, Toshkentda mazkur tizim 2020-yilning oxirida ishga tushiriladi. 2021-yil dekabrigacha esa O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham “Xavfsiz shahar” tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Qarorda ta’kidlanishicha, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida 4 milliard 342 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 27—29-avgust kunlari Xitoy bilan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning beshinchi majlisi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi