O‘zbekiston Suriyadan yana 170 kishi va Iroqdan 65 nafar bola qaytishini kutmoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25-sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Iroqdan 65 nafar bola va Suriyadan 170 kishi qaytib kelishini kutmoqdamiz. Shu ma’noda, bizga xalqaro tashkilotlar va Yaqin Sharqdagi jarayonlarda bevosita ishtirok etayotgan davlatlar yordami kerak. Bu birinchi navbatda, Xavfsizlik kengashining bu yerda yig‘ilgan doimiy a’zolari tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga aloqador.Abdulaziz Komilov may oyida O‘zbekiston 156 nafar fuqarosini Yaqin Sharqdagi mojaroli hududdan qaytarish bo‘yicha “qiyin va xatarli” operatsiya o‘tkazganini ham ta’kidlab o‘tgan.Biz bunday hamkorlikka tayyormiz. Umid qilamanki, bunday operatsiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bunda yangi guruhlar shunday ziddiyat hududlariga kirishga intilmaydi.
Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri
Izoh (0)