Barbi qo‘g‘irchoqlari ishlab chiqaruvchi Mattel kompaniyasi yangi gender-neytral qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Curbed LA

Ushbu “Yaratuvchan olam” (Creatable World) deb nomlangan liniyada qo‘g‘irchoqlar gender stereotiplari bilan cheklanmaydi. Har bir Barbi uchun o‘z soch turmagi, kiyimi va aksessuar tanlash mumkin.

Foto: Twitter/@cnn

“Ushbu savdo yo‘nalishini boshlash orqali qo‘g‘irchoqlar nima uchun va kimga kerak ekaniga aniqlik kiritib olmoqchimiz. Qoliplar va qoidalarsiz Barbilar davri keldi”, — deydi Mattel vitse-prezidenti Kim Kulmon.

Foto: Twitter/@theipaper

Yangi versiyada chiqadigan har qo‘g‘irchoq ikki xil soch turmagi va turli liboslari bilan sotiladi. Liniyaga tashqi ko‘rinishi 6 xil rangdagi 3 tadan o‘g‘il bola va qiz bola qo‘g‘irchoqlar kiritilgan. Har bir Barbining narxi — 45 AQSh dollari.