Barbi qo‘g‘irchoqlari ishlab chiqaruvchi Mattel kompaniyasi yangi gender-neytral qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ushbu “Yaratuvchan olam” (Creatable World) deb nomlangan liniyada qo‘g‘irchoqlar gender stereotiplari bilan cheklanmaydi. Har bir Barbi uchun o‘z soch turmagi, kiyimi va aksessuar tanlash mumkin.
“Ushbu savdo yo‘nalishini boshlash orqali qo‘g‘irchoqlar nima uchun va kimga kerak ekaniga aniqlik kiritib olmoqchimiz. Qoliplar va qoidalarsiz Barbilar davri keldi”, — deydi Mattel vitse-prezidenti Kim Kulmon.
Yangi versiyada chiqadigan har qo‘g‘irchoq ikki xil soch turmagi va turli liboslari bilan sotiladi. Liniyaga tashqi ko‘rinishi 6 xil rangdagi 3 tadan o‘g‘il bola va qiz bola qo‘g‘irchoqlar kiritilgan. Har bir Barbining narxi — 45 AQSh dollari.
Izoh (0)