Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 21-sentabr kuni “Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: Zarnews

Samarqand shahar hokimligi axborotiga ko‘ra, qarorga muvofiq Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transporti (avtobus) xizmatlarining cheklangan tarifi 1400 so‘m miqdorida qilib belgilangan. Bungacha shaharda yo‘lkira 1200 so‘m edi.

Ma’lumot uchun, 2019-yil 15-avgustdan boshlab poytaxt Toshkentda jamoat transporti (“Toshshahartransxizmat” tizimidagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten)da yo‘l haqi 16,7 foizga qimmatlab, 1400 so‘m bo‘lgan edi.