Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Chimyon turistik hududida sayyohlarni tashishga mo‘ljallangan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, jarlikka qulagan.
Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan fotosuratlar tarqaldi. Qayd etishlaricha, haydovchi avtobusni tormozga qo‘yishni unutgan va u qiyalik bo‘ylab harakatlanib ketgan.
Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda. Voqea aynan qachon bo‘lgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)