Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ichki ishlar organi xodimining raqsga tushayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Unda xodim patrul-post xizmati mashinasi oldida o‘zbekcha qo‘shiqqa raqsga tushganini ko‘rish mumkin.

Ichki ishlar xodimi kim ekani, videoning qayerda va qachon tasvirga olingani haqida ma’lumot mavjud emas. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, u yaqinda uch qizdan so‘ng o‘g‘il farzandli bo‘lgan va shundan quvonib, raqsga tushgan.

Ijtimoiy tarmoqning ko‘pchilik foydalanuvchilarini xodimni oqlagan va olqishlagan, barcha xursand bo‘lishga, raqs tushishga haqli ekanini yozgan. “Ishqilib, xodimni bu xatti-harakatlari uchun jazolashmasa bo‘ldi, deb kuyinganlar ham bor”, deb yozadi “Sof.uz”.