Xalq qo‘zg‘oloni oqibatida 2010-yilning oxirida taxtdan ag‘darilgan va hayotining so‘nggi yillarini Saudiya Arabistonida quvg‘inlikda o‘tkazgan Tunisning sobiq prezidenti Zin al-Obidin bin Ali qirollikdagi kasalxonalardan birida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, bin Ali uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan.

Sobiq prezident Zin al-Obidin bin Ali 1987-yildan boshlab tanaffussiz  davlat rahbari lavozimini egallagan. U 2010—2011-yillarda Tunisda yuz bergan “Jasmin revolyutsiyasi” natijasida mansabidan ag‘darilgan.

O‘ziga nisbatan jinoiy ish ochilishidan qo‘rqib, bin Ali Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan. Tunis sudi uni 35 yil qamoq jazosiga hukm qilgan. Harbiy tribunal esa ushbu hukmni o‘zgartirib, 2011-yildagi norozilik namoyishi ishtirokchilarini o‘ldirtirgani uchun unga umrbod qamoq jazosini bergan.