Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionati yarim finalida yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etadigan bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Avvaliga -69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Bobousmon Boturov iordaniyalik raqibi Ziyad Iashashni mag‘lub etdi. Shu tarzda Jahon chempionati debyutanti bo‘lgan Bobusmon kamida bronzani naqd qilib qo‘ydi.

So‘ngra -81 kg vazn toifasi vakili Dilshodbek Ro‘zmetov asl kelib chiqishi Kubadan bo‘lgan Ozarbayjon terma jamoasi vakili Loren Alfonso Domingesni mag‘lub etib yarim final yo‘llanmasini naqd qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahobiddin Zoirov hamda Mirazizbek Mirzahalilovlarning ham yarim finalga chiqqanligi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!