Britaniya hukumati keskin Brexit’ga tayyorgarlik rejasini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kommersant”. Uni The Sunday Times gazetasi avgust oyidayoq qo‘lga kiritgan.

Foto: Scanpix

Xabarda aytilishicha, agar Yevropa Ittifoqidan bitimsiz chiqsa, Buyuk Britaniya yoqilg‘i, oziq-ovqat, dori-darmon yetishmovchiligiga, shuningdek, port ishida uzilishlarga, Irlandiya bilan chegarada tartibsizlik va ommaviy noroziliklarga duch keladi.

Yellowhammer deb nomlanuvchi rejani gazeta Yevropa Ittifoqidan keskin chiqish uchun standart harakatlar rejasi deb atagan. Hukumat esa bu rejani eng yomon ssenariy deb atagan.

Hukumat, xususan, yangi mahsulotlar olish imkoniyatining kamayishi va ular narxining oshishidan havotirda. Bundan tashqari, hukumat prognozlariga ko‘ra, yuk mashinalari La-Mansh orqali 2,5 kunga kechikib harakatlanadi, shuningdek, mamlakatda yoqilg‘i yetishmovchiligi kuzatiladi.

Bundan avval Buyuk Britaniya qirolichasi 31-oktabr bitimisiz Yevropa ittifoqidan chiqishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qullagandi.