Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 31-oktabr bitimisiz Yevropa ittifoqidan chiqishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi Meduza.
Shu tarzda hujjat qonun maqomini oldi.
Britaniya parlamenti o‘tgan haftada Brexit’ni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi.
Shundan so‘ng mamlakat bosh vaziri Boris Jonson muddatidan oldingi parlament saylovlarini o‘tkazishni taklif qildi. Biroq uning taklifini unchalik ko‘p deputat qo‘llab-quvvatlamadi.
9-sentabr, dushanba kuni Buyuk Britaniya parlamenti o‘z ishini bir oydan ko‘proq muddatga to‘xtatadi. Bunga avgust oyining oxirida qirolicha Yelizaveta II Boris Jonsonning so‘roviga binoan ruxsat bergan edi.