Kanadada fotosuratchi Robert Frank vafot etdi. Bu haqda Nyu-Yorkdagi Pace-MacGill fotogalereyasi asoschilaridan biri Piter Makgillga asoslanib, The New York Times xabar berdi.

Frank 94 yoshda edi.

Foto: The New York Times

Robert Frank hujjatli filmlar bilan ham shug‘ullangan bo‘lsa-da, asosan dokumentalist fotosuratchi sifatida tanilgan.

Frankning eng mashhur asari — 1950-yillar oxirida chop etilgan “Amerikaliklar” fotokitobidir. Unda muallif AQSh bo‘ylab sayohati davomida olgan fotosuratlari yig‘ilgan. Kitobning Amerikada chiqqan nashriga kirish so‘zini shoir va yozuvchi Jek Keruak yozgan.