Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-sentabr, seshanba kuni Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida tibbiyot kislorodi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mini-zavod ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Mini-zavod Sog‘liqni saqlash vazirligi va GIZning “O‘zbekistonda peshqadam tibbiy texnologiyalarni boshqarish” loyihasi asosida hamkorlikda amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 130 ming yevroni tashkil etdi.

Uning tantanali ochilish marosimida viloyat sog‘liqni saqlash boshkarmasi mutasaddilari, GIZ vakillari hamda ADTI professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Davolash jarayonlarida keng foydalaniladigan tibbiy kislorod ilgari ballonlarda tashib olib kelinar edi. Bu esa o‘ziga yarasha qator qiyinchiliklarni tug‘dirar edi. Mini-zavodning ishga tushishi natijasida nafaqat tibbiyot kislorodini sotib olish uchun xarajatlar qisqaradi, balki bemorlarga o‘z vaqtida sifatli kislorodni xavfsiz, oson yetkazib berilishini ta’minlaydi. Eng asosiysi ballonlarni yong‘inga qarshi saqlashdagi muammolarning ham oldi olinadi”, — deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tibbiyot instituti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, GIZ loyiha doirasida klinikada ikki kun davomida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida faoliyat olib boruvchi jarroh va ginekologlar uchun “Ginekologiyada laparoskopiya va gisteroskopiya” mavzusida mahorat darslari o‘tkazilgan. Mahorat darslari davomida diagnostika va ginekologik kasalliklarni yuqori texnologiyali tibbiy jihozlar yordamida davolash bo‘yicha saboq berilgan.

Mahorat darslari so‘nggida ADTI va GIZ o‘rtasida kelgusida keng hamkorlik va tibbiy xizmatlarning sifatini yanada oshirish ko‘zda tutilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi