Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 6-sentabr, juma kuni Olmaliq shahrida Eron olimpiyachilariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Foto: O‘FA

O‘yin taqdirini 57-daqiqada kiritilgan gol hal etdi. Ushbu golga Jasur Yaxshiboyev mualliflik qildi.

Shu tariqa Lyubinko Drulovich shogirdlari eronlik raqiblarini mag‘lub etdi.

O‘zbekiston U-23 — Eron U-23 - 1:0

Gol: 1:0 — 57 Jasur Yaxshiboyev

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Islom Qobilov, 3. Ilhom Alijonov, 5. Dilshod Saitov, 6. Nurillo To‘xtasinov, 9. Jasur Yaxshiboyev, 10. Bobur Abduholiqov, 14. Abror Ismoilov, 15. Oybek Rustamov, 18. Husniddin Aliqulov, 22. Sanjar Qodirqulov.

Eron U-23: 22. Mahdi Nurullohi, 2. Muhammad Og‘ajanpur, 4. Taha Shariatihamineh, 5. Seydabolfazl Jalali, 6. Omid Nor, 7. Muhammad Hodabandelo, 13. Amirhusayn Husaynzoda, 14. Muhammad Mohebbi, 16. Yunis Delfi, 17. Amir Rustayi, 20. Amir Mahdi Jonmaleki.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!