Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 9-sentabr, dushanba kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Eron olimpiyachilariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuvda Bobur Abduholiqov het-trikka erishgan bo‘lsa, yana bir golni Jasur Yaxshiboyev kiritdi. Mehmonlardan faqatgina Mehdi Govedi o‘zining bitta goli bilan javob qaytarishga erishdi.
Shu tariqa Lyubinko Drulovich shogirdlari eronlik raqiblarini ikkinchi bellashuvda ham mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-sentabr kungi bahsda O‘zbekiston termasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
O‘rtoqlik o‘yini
9-sentabr, dushanba
O‘zbekiston U-23 — Eron U-23 4:1
Gollar: 1:0 — 18 Bobur Abduholiqov, 2:0 — 36 Bobur Abduholiqov, 2:1 — 50 Mehdi Goyedi, 3:1 — 53 Jasur Yaxshiboyev, 4:1 — 61 Bobur Abduholiqov.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!