“Barselona” himoyachilari Nelson Semedu hamda Samyuel Umtiti jarohatga yo‘liqdi.

Foto: “Tribuna.com”

Semedu 7-sentabr kuni Portugaliya terma jamoasi safida Serbiyaga qarshi o‘yinda shikastlandi. U Aleksandr Kolarov bilan to‘qnashib ketdi va o‘yinni davom ettira olmadi. Hozircha uning jarohati darajasi haqida ma’lumot berilganicha yo‘q.

Aymerik Lyaport o‘rniga Fransiya terma jamoasiga taklif qilingan Samyuel Umtiti esa terma mashg‘uloti vaqtida jarohat olgan. Shu boisdan Umtiti Albaniyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda kataloniyaliklarning yetakchilari — Leo Messi va Luis Suares ham jarohatini davolash bilan band.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!