“Barselona” jamoa yetakchisi Lionel Messi bilan yaqin orada xayrlashish niyatida emasligini ma’lum qildi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Argentinalik 32 yoshli futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga yetadi. Ta’kidlanishicha, Messining shartnomasida shunday band bor: futbolchi agar xohlasa, har yili 30-iyun sanasida shartnomani bekor qilishi mumkin.
Ammo “Barselona” futbolchi bilan xayrlashish niyatidan yiroqda. Shuning uchun, katalonlar Messiga umrbod shartnoma taklif qiladi. Hozircha tomonlar muzokara boshlamagan. Biroq “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu Leoning otasi Xorxe bilan doim aloqada bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)