Buxoroda yo‘lovchi kirakashni “chuv” tushirib puli va Samsung rusumli telefonini aldab olib ketib qoldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoro shahri Ko‘ksaroy ko‘chasida yashovchi 53 yoshli B.M. Buxoro shahar IIO FMBga ariza orqali murojaat qilib, 2019-yil 26-iyun kuni taxminan soat 15:00 larda kirakashlik bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasidan o‘zini G‘ijduvon tumanida yashovchi F.M deb tanishtirgan shaxs avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Buxoro shahar Moxixossa ko‘chasida joylashgan shahar tug‘ruqxonasiga kelib, tug‘ruqxonadan tumush o‘rtog‘i va farzandini olib chiqish uchun puli yetmayotganligini aytib, B.M.dan qarzga pul berib turishini so‘rab, undan 110,000 so‘m pul va qo‘ng‘iroq qilish uchun bir dona bahosi 1 050 000 so‘mlik Samsung rusumli telefon apparatini hamda mazkur telefon apparati g‘ilofida bo‘lgan haydovchilik guvohnomasini aldov yo‘li bilan olib ketganligini bildirgan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu shaxs G‘ijduvon tumani “Bo‘ktaroy” mahallasida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan F.M. ekanligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)