Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Poytaxtda har yili shahar aholisining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Xavfsiz hudud” tadbirlari o‘tkazilmoqda. IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu tadbirlar davomida jamoat joylari, jumladan, Sayilgoh ko‘chasi, bog‘lar va xiyobonlar, ko‘ngilochar-savdo markazlari, bozorlar va hokazolarga alohida e’tibor qaratiladi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Ba’zi obyektlarda vaziyatni kuzatish uchun tashqi kuzatuv intellektual kameralaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasiga qidiruvda bo‘lgan shaxslarning biometrik pasportlaridagi ma’lumotlar, ya’ni tartib bo‘yicha ko‘zoynaksiz, bosh kiyimisiz va soqolsiz tushirilgan rasmlari kiritilgan.

23—24-avgust kunlari Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo maskanida bo‘lib o‘tgan hodisaga to‘xtaladigan bo‘lsa, u yerda ishlaydigan ba’zi shaxslar bo‘yicha o‘g‘rilik, o‘g‘irlangan qo‘l telefonlarini sotib olish va sotish faktlari asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Afsuski, bu kabi holatlar hanuz ro‘y berib turadi va ushbu savdo maskanida rasman va norasman ishlaydigan alohida shaxslar qonunbuzarliklarga aralashib qolgan. Suhbatga taklif etilganlar soqoli bor yoki yo‘qlarga ajratilmagan, ammo ta’kidlash joizki, soqollilar u yerda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Alohida fuqarolarga tashqi ko‘rinishlarini biometrik pasportlaridagi rasmlariga muvofiqlashtirish tavsiya etilgan. Deyarli barcha ushbu iltimosni to‘g‘ri tushundi. Ko‘plar soqol qo‘yib yurish ular uchun muhim emasligi, balki vaqt yo‘qligi, modaga taqlid qilish va boshqa sabablarga ko‘ra soqollarini olmaganlarini ma’lum qildi.

“Qat’iy ma’lum qilamizki, yuqoridagi holatga diniy mazmunning hech qanday aloqasi yo‘q. Qolaversa, bu vaziyatda dindorlarning hissiyotlari bilan o‘ynashish, mazkur mavzuni bo‘rttirish noo‘rin.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Jamoat tartibini saqlash va sizning xavfsizligingizni ta’minlash oson ish emas, aksincha, ba’zida ko‘p qirrali, xatarli bo‘lishi mumkin. Ko‘plab holatlar nozik bo‘lib, inson huquqlari va erkinligi, uning shaxsiy hayoti masalalariga borib taqalishi mumkin. Shu sababli ichki ishlar xodimlari oldilariga qonun doirasida ish tutish vazifalari qo‘yiladi. Fuqarolarda ham huquqlardan tashqari Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, o‘zgalar huquqi, erkinligi, sha’nini hurmat qilish majburiyati mavjud”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukrainaning uchta elchixonasiga tahdidli xatlar yuborilgan — Ukraina tashqi ishlar vaziri
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr