Navoiyning Navbahor tumanida yashovchi 25 yoshli ayolning 12 tonnadan ortiq bug‘doyi o‘g‘irlab ketildi.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ayol bu haqda 24-avgust kuni IIBga murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 1-iyulidan 18-avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar “Keskanterak” MFY hududida joylashgan shu fermer xo‘jaligiga qarashli omborxonaga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan umumiy qiymati 18 750 000 so‘mlik 12 500 kilogramm bug‘doyini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navbahor tumani “Keskanterak” mahallasida yashovchi 48 yoshli Z.M. va Navbahor tumani “Yangihayot” mahallasida yashovchi 51 yoshli V.E. sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)