Samarqand viloyatida joriy yilgi Investitsiya dasturiga asosan qurilishi boshlangan 12 ta tibbiyot muassasasi mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirildi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Jumladan, Paxtachi tumanida 50 qatnovli “Burqut”, 75 qatnovli “Q.Rajabov”, Nurobod tumanida 75 qatnovli “Ulus”, Bulung‘ur va Qo‘shrabot tumanlarida har biri 100 qatnovli “Xo‘jamazgil” hamda “Shavona” qishloq vrachlik punktlari bugun fuqarolar uchun sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga kirishdi.
Mahalliy hamda investitsiya dasturlariga muvofiq, viloyatning yana 25 ta birlamchi tibbiyot muassasalarida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu muassasalar yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Izoh (0)