25-avgust, yakshanba kuni Toshkent shahrida futbol bo‘yicha “Charm to‘p—2019” musobaqasining final bosqichi boshlandi.

Foto: O‘FA

Ushbu bosqichda o‘z viloyatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahalla jamoalari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 28-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan musobaqa finalida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ermatov mas’ul lavozimga tayinlangach hakamlikda tanaffus qilishini e’lon qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!