Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Qarorga ko‘ra:

xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatiladi;

nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.

2020-yil 1-yanvardan:

jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun 3 million so‘m;

quyosh suv isitkichlar uchun 1,5 million so‘m;

gaz-gorelkali qurilmalar uchun 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Qaror bilan 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)