Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-avgust kuni O‘zbekiston hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risida hamkorlik haqidagi bayonnoma kuchga kirdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu hujjat 2019-yil 25-mart kuni Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Prezidentining BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘lgan diplomatik pasport egalariga 90 kungacha viza rasmiylashtirmasdan ikkinchi davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali o‘tish va bo‘lish huquqini berishni tartibga soladi.

BAA bilan ikki tomonlama hamkorlik faollashayotganini inobatga olgan holda, Bayonnoma ikki mamlakatning rasmiy vakillari – diplomatik pasport egalarining o‘zaro tashriflari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal etishga ko‘maklashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi