Xonanda Shahzoda Nur-Sultan Music Awards xalqaro musiqiy festivalida taqdirlandi. Bu haqda “Kun-u tun” xabar berdi.
Qozog‘iston poytaxtida Nur-Sultan Music Awards uchinchi xalqaro musiqiy festivali bo‘lib o‘tdi. “Baris-Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan festivalda Svetlana Loboda, Lolita, Grigoriy Leps, Dima Bilan kabi bir qator jahon yulduzlari ishtirok etdi.
Xonanda Shahzoda Markaziy Osiyoning eng mashhur yulduzi nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.